logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona"da yangi tartib: Dro Fernandesning "PSJ"ga o'tib ketgani klubni keskin choralar ko'rishga majbur qildi

 14 FEVRAL, 2026, 13:12

Yanvar oyida Dro Fernandes "Barselona"ni tark etib, "PSJ"ga ko'chib o'tdi. Frantsuz grandi 18 yoshli istiqbolli futbolchini uning shartnomasidagi tegishli tovon puli bandidan foydalanib, atigi 8 million evro evaziga qo'lga kiritdi.

"RAC1" nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi kelgusida bunday holatlar takrorlanishini istamayapti, shu sababli tovon puli miqdorini boshqacha shakllantiradi: 19 yoshgacha bo'lgan jamoada o'ynagan futbolchilar uchun — 6 million evro; dublda debyut qilganlar uchun — 8 million evro; asosiy jamoada loaqal bir marta maydonga tushgan har bir o'yinchi uchun esa — 100 million evro.

Dro Fernandes Parijga ketishdan oldin "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida beshta o'yin o'tkazishga ulgurgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ