logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Juma va 13-sana" qarg'ishini buzgan Pedru Netu: "Chelsi" hujumchisi 117 yillik rekordni yangiladi

 14 FEVRAL, 2026, 13:00

Angliya Kubogining to'rtinchi bosqichi doirasida Londonning "Chelsi" klubi safarda "Xall Siti"ni tor-mor keltirdi. Uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi. Kiritilgan gollarning uchtasiga hujumchi Pedru Netu mualliflik qildi.

"OptaJoe" nashrining ta'kidlashicha, Netu — 1909 yilning yanvaridan beri juma kungi o'yinda xet-trik qayd etgan "Chelsi"ning ilk futbolchisi bo'ldi. Oxirgi marta bunday natijaga "Midlsbro"ga qarshi o'yinda Jorj Xilsdon erishgan edi.

Bundan tashqari, Netu barcha musobaqalarni inobatga olganda, tarixda juma kuni 13-sanada uchta gol urgan Premer-liganing ilk vakiliga aylandi.

Joriy mavsumda 25 yoshli portugaliyalik barcha musobaqalarda 38 ta o'yin o'tkazib, 10 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ