logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Simeonening Lamin Yamalga ko'rsatgan ishorasi aslida nimani anglatar edi?

 14 FEVRAL, 2026, 12:54

Payshanba kuni Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya Kubogi dastlabki yarim finalida "Barselona" ustidan yirik g'alabaga erishdi (4:0).

Uchrashuv davomida "matraschilar" ustozi Diego Simeone "ko'k-anorranglilar" vingeri Lamin Yamalning qarshisida uchta barmog'ini ko'rsatdi. Taxminlarga ko'ra, argentinalik mutaxassis shu yo'l bilan 18 yoshli yulduzga provokatsiya qilmoqchi bo'lgan, chunki o'sha paytda maydon egalari 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

"Marca" nashrining ta'kidlashicha, aslida hammasi ancha oddiy bo'lib chiqdi — bu shunchaki "Atletiko" futbolchilariga berilgan taktik ko'rsatma edi. Simeone o'z shogirdlariga uchburchak hosil qilishni — shu jumladan, Yamalni zararsizlantirishni topshirgan. Laminning o'zi esa bu holatga hech qanday munosabat bildirmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ