logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Meniki ham kerakmi?": "Qayrat" futbolchisi Mbappe bilan futbolka almashgan o'sha mashhur lahzani so'zlab berdi

 14 FEVRAL, 2026, 12:48

Qozog'istonning "Qayrat" jamoasida to'p tepayotgan himoyachi Aleksandr Martinovich UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasidagi o'yindan so'ng Madridning "Real" klubi yulduzli hujumchisi Kilian Mbappe bilan futbolka almashganini yodga oldi.

"Tribuna osti yo'lagida Mbappedan futbolkasini so'radim, u: "Ha, muammo yo'q", deb javob berdi va menga o'z libosini berdi. Men undan: "Senga meniki kerakmi?", deb so'radim. U esa: "Ha, albatta", deb javob qaytardi", — dedi futbolchi "Match TV" telekanali efirida bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, "Qayrat" va "qirollik klubi" o'rtasidagi bahs o'tgan yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgan edi. Madrid grandi Qozog'iston klubini 5:0 hisobida mag'lub etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ