logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APLning joriy mavsumdagi kashfiyoti "Manchester Yunayted"ga bo'lgan mehri haqida gapirdi

 14 FEVRAL, 2026, 12:36

"Brentford" hujumchisi Igor Tyago bolaligida Angliya Premer-ligasi o'yinlarini qanday tomosha qilgani haqida so'zlab berdi.

24 yoshli futbolchi ajoyib mavsumni o'tkazmoqda: u Angliya chempionati to'purarlar poygasida 26 o'yinda 17 ta gol bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

"Boshida futbolga unchalik qiziqmasdim, lekin keyin akam meni har hafta APL o'yinlarini, ayniqsa, "Manchester Yunayted" ishtirokidagi bahslarni tomosha qilishga majbur qilgan. Vaqt o'tishi bilan men bu jamoaga bog'lanib qoldim va uni yaxshi ko'rib qoldim", — deya braziliyalik forvardning so'zlarini keltiradi Transfer News Live.

Igor Tyago Angliyaga 2024 yilning yozida ko'chib o'tgan edi: "Brentford" uni Belgiyaning "Bryugge" klubidan 33 mln evroga sotib olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ