logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Allegri 40 yoshli Modrichning mahorati va kamtarligiga qoyil qoldi

 14 FEVRAL, 2026, 12:12

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Piza" ustidan qozonilgan g'alabada (2:1) hal qiluvchi golni urgan Luka Modrich haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

40 yoshli yarim himoyachi juma kuni bo'lib o'tgan A Seriya bahsining 85-daqiqasida gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

"Nima ham deyishim mumkin? Luka — favqulodda futbolchi. U maydonga tushdi va biz uchun g'alaba keltirdi. Barchamiz undan o'rganishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor — u shuncha yutuqlari va iqtidoriga qaramay, juda kamtar. Uning bizning safimizda to'p tepayotganidan juda xursandmiz", — dedi Allegri o'yindan so'ng OAV vakillari bilan suhbatda.

Luka Modrich o'tgan yilning yozida "Milan"ga o'tgan edi. "Piza" darvozasiga kiritilgan to'p yarim himoyachi uchun "rossonerilar" safidagi 26 ta o'yindagi ikkinchi gol bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ