logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Milan" 31 yil oldingi ko'rsatkichini takrorladi

 14 FEVRAL, 2026, 12:06

"Milan" "Piza" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng 24 turdan keyin to'plangan ochkolar bo'yicha 1995/1996 yilgi mavsum ko'rsatkichini takrorladi.

Uchrashuv "rossoneri" foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi. "Milan" tarkibida Ruben Loftus-Chik va Luka Modrich gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Niklas Fyullkrug penaltidan foydalana olmadi, Adrien Rabo esa hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, "Milan" 53 ochko jamg'ardi. Roppa-rosa 31 yil avval ham xuddi shuncha turdan keyin jamoa hisobida aynan shuncha ochko mavjud edi.

"Rossonerilar" bundan ko'p ochkoni faqat bir marta to'plagan — 2003/2004 yilgi mavsumda jamoada 61 ochko bo'lgan. Eslatib o'tamiz, "Milan" turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda, "Inter" esa peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ