logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dembele "Renn"dan uchralgan mag'lubiyatga munosabat bildirdi

 14 FEVRAL, 2026, 11:30

Frantsiya chempionatining 22-turi doirasida "Renn"ga qarshi safarda o'tgan muvaffaqiyatsiz o'yindan so'ng "PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele o'z fikrlarini bildirdi. Parijliklar 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Ko'plab golli vaziyatlar ko'kka sovurildi. Agar gol urganimizda, hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. Shu bilan birga, raqib haqli ravishda g'alaba qozondi deb hisoblayman. Oldimizda "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yini turibdi. Bizga oson bo'lmaydi, lekin g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — deya futbolchining so'zlarini keltirmoqda Parij grandi matbuot xizmati.

Kechagi mag'lubiyatdan so'ng Luis Enrike shogirdlari 51 ochko bilan Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Renn" (34) esa beshinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ