logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisini qaytarishga jiddiy qiziqish bildirmoqda

 14 FEVRAL, 2026, 11:24

A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktominay Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda "Tuttomercatoweb" jurnalistlari xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, shotlandiyalik xavbekning xizmatlariga uning sobiq klubi — "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Skott 2017 yildan 2024 yilgacha mankunianliklar sharafini himoya qilgan, shundan so'ng Italiyaga yo'l olgan edi.

Bundan oldin matbuotda Maktominayga Londonning "Arsenal" klubi tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar berilgandi.

Hozirda yarim himoyachi 45 million evroga baholanmoqda. Maktominayning Neapol klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ