logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston U-17 terma jamoasi murabbiyi: "Finalga chiqish uchun istalgan raqibni yutishimiz kerak"

 14 FEVRAL, 2026, 11:16

Yaqinda U-17 Osiyo Kubogiga qura tashlangandi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey CHigodaev qura va tayyorgarlik jarayonlari haqida fikrini bildirdi

"Osiyo chempionatidagi barcha 16 ta jamoani kuchli degan bo'lardim. Biz uchun kim bilan o'ynashimizni farqi yo'q, chunki maqsadimiz yuqori. Finalga chiqish uchun istalgan raqibga qarshi maydonga chiqib o'ynashimiz va yutishimiz kerak. "D" guruhida Avstraliya, Hindiston va SHimioliy Koreya bilan to'qnash kelamiz. Albatta, ularning bir nechta o'yinlarini ko'rib chiqdik. Hamma jamoalar yaxshi darajada. Har bir o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

13 fevralda yig'ildik. Besh kun o'z qarorgohimizda shug'ullanamiz va Belarus mamlakatiga yo'l olamiz. "Rivojlanish kubogi" xalqaro turnirida qatnashamiz, u erda ham yaxshi raqiblar bor. Belarus, Ozarbayjon va Rossiya bilan bir guruhdan joy oldik. O'ylaymanki, Osiyo Kubogiga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi",- deydi Sergey CHigodaev.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ