logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappening otasi - o'g'lining karerasi haqida: "Hech qanday "Mbappe loyihasi" yo'q

 13 FEVRAL, 2026, 23:06

Kilian Mbappening otasi Vilfrid Mbappe o'g'lining muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, hujumchining faoliyatini pul ishlab topish maqsadida rejalashtirmagan. Vilfridning so'zlariga ko'ra, u va Kilianning onasi hujumchi o'z orzusini amalga oshirayotganidan xursand.

"Mbappe loyihasi" o'zi nima? Bu o'z o'g'lini orzularida, mashg'ulotlarida va kasbida qo'llab-quvvatlaydigan ota demakdir, lekin barchamiz shunday qilamiz. Demak, hammamizda "Mbappe loyihalari" bor", – dedi Vilfrid Canal+ telekanaliga.

Ma'lumki, Kilian Mbappening onasi Fayza Lamari o'g'lining faoliyatini rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Ushba ayol buning ortidan salmoqli mablag' ishlab topadi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, ona bir mavsumda 4,5 mln evro daromad ko'radi. Joriy mavsumda hujumchi "Real" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ