logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa: "Dunyoning eng yaxshi jamoasi murabbiyi bo'lish - sharaf va baxt"

 13 FEVRAL, 2026, 22:54

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z faoliyati haqida fikr bildirdi. Arbeloa «qaymoqranglilar» boshqaruviga kelganiga roppa-rosa bir oy bo'ldi.

— Oradan bir oy o'tdi. Jamoaning eng yaxshi versiyasini qanday tasavvur qilasiz?

— Men faqat ertangi o'yin haqida o'ylayapman. Har doim o'sish va rivojlanish uchun joy topiladi. Bu haftada o'tkazgan mashg'ulotlarimizdan ko'nglim to'ldi.

— Bu ish aynan shunday bo'lishini kutganmidingiz?

— Dunyoning eng yaxshi jamoasi murabbiyi bo'lish — bu sharaf va baxt. Men bundan to so'nggi kunimgacha zavq olaman.

Eslatib o'tamiz, shanba kuni, 14 fevral kuni «Real» o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi. «Santyago Bernabeu» stadionidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (15 fevralga o'tar kechasi) boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ