logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola "Man Siti" futbolchilarini ogohlantirdi

 13 FEVRAL, 2026, 21:30

Shanba kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi doirasida o'z maydonida «Solford Siti»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta, bu to'rtinchi divizion jamoasi. Albatta, biz o'z uyimizda o'ynayapmiz. Ammo men futbolchilarga hech narsa osonlikcha qo'lga kiritilmasligini uqtirishga harakat qilyapman. Hamma narsa qiyinchilik bilan keladi. Ha, o'yindan keyin hammasi osondek tuyulishi mumkin, lekin biz o'z ishimizni bajarishimiz kerak. Aynan shuning uchun ham Liga Kubogi yoki Angliya Kubogi kabi turnirlarda biz doimo raqobatbardosh bo'lib kelganmiz. Biz doim to'g'ri kayfiyat bilan maydonga tushganmiz va ertaga ham bundan mustasno bo'lmasligi kerak", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

«Manchester Siti» va «Solford Siti» o'rtasidagi uchrashuv 14 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ