logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eldor Shomurodov ayni vaqtda Evropaning eng kuchli hujumchilar reytingida TOP 10 likka kirdi

 13 FEVRAL, 2026, 21:18

«Istanbul Bashakshehir» klubining o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov «Footmercato.net» sayti talqiniga ko'ra Evropa chempionatlarining eng yaxshi to'purarlari top-10 ro'yxatiga kirdi.

Ushbu mavsumda Shomurodov Turkiya Superligasida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hamyurtimiz maydonda jami 1856 daqiqa harakat qilgan. To'purarlar reytingida Eldor o'ninchi o'rinni egalladi.

Reyting etakchisi sifatida «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn (21 o'yinda 24 ta gol) ko'rsatilgan. Ikkinchi o'rinda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe (22 o'yinda 23 ta gol) borayotgan bo'lsa, kuchli uchlikni «Manchester Siti» forvardi Erling Xoland (25 o'yinda 21 ta gol) yakunlab bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ