logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" "Atletiko"ga qarshi o'yindagi hakam ustidan shikoyat qilmoqchi

 13 FEVRAL, 2026, 15:48

«Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finalining «Atletiko»ga qarshi dastlabki o'yinidagi (0:4) hakamlik yuzasidan Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) rasmiy shikoyat berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Uchrashuvda bosh hakam sifatida Xuan Martines Munuera faoliyat olib bordi. O'yinning ikkinchi bo'limida, hisob 0:4 bo'lib turgan paytda, hakam 6 daqiqalik videokuzatuvdan so'ng «Barsa» himoyachisi Pau Kubarsining golini inobatga olmadi. Aynan o'sha vaziyatda offsaydni yarim avtomatik aniqlash tizimi ishdan chiqqanligi ma'lum bo'ldi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik o'yindagi hakamlikni keskin tanqid qildi: Sharmandalik. Falokat. «Barsa»ga hech narsa deyishmadi, hech qanday aloqa bo'lmadi. Bu nima uchun offsayd ekanligini tushunmayapman.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ