logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" va "Bavariya"ning sobiq futbolchisi ikkinchi liga klubiga o'tdi

 13 FEVRAL, 2026, 15:06

"PSJ" va "Bavariya" klublarining sobiq himoyachisi Xuan Bernat futbolchilik faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda Onefootball jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 32 yoshli futbolchi "Eybar"ga erkin agent sifatida o'tgan. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda "Eybar" Ispaniya ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda. Jamoa 32 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.

O'tgan mavsumda Bernat "Xetafe" va "Vilyarreal" klublarida o'ynagan. Himoyachi La Ligada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ