Layma Vladson ishtirokidagi uchrashuv yakuniga etmay qoldi
13 FEVRAL, 2026, 13:48
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida W35 turkumiga kiruvchi ITF turniri bo'lib o'tmoqda.Musobaqaning ilk davrasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Layma Vladson reytingda o'zidan deyarli 500 pog'ona yuqorida turgan Gruziya vakilasi Sofiya SHapatovani 6/4, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Afsuski, yomg'ir sabab bir necha bor vaqti o'zgargan ikkinchi bosqich bahsida 18 yoshli Vladson mag'lubiyatga uchradi. Aniqrog'i, u italiyalik Jennifer Ruggeriga qarshi kechgan uchrashuvni jarohat sabab yakuniga etkaza olmadi. Birinchi setning cakkizinchi geymidan keyin uchrashuv to'xtatildi va italiyalik tennischi 1/4 finalga yo'l oldi. Bu vaqtga kelib u 5/3 hisobida g'alaba qozonayotgan edi.
Taqqoslash uchun, Layma Vladson hozirda WTA reytingida 873, Sofiya SHapatova 409, Jennifer Ruggeri esa 317-o'rinni egallab turibdi.

Manba: olamsport.com
