logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» 3 ta murabbiydan birini tanlashi kerak

 13 FEVRAL, 2026, 12:06

Londonning «Tottenxem» klubi shoshilinch ravishda mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik murabbiy qidirmoqda. Bu haqda «Sun Sport» nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ayni damda «shporlar» Germaniya va AQSh terma jamoalari sobiq ustozi Yurgen Klinsmann, o'zlarining sobiq murabbiyi Xarri Rednapp, shuningdek, «Ferentsvarosh» bosh murabbiyi Robbi Kin nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin «Tottenxem» bosh murabbiylik lavozimiga Maurisio Pochettinoni qaytarishga harakat qiladi. Argentinalik mutaxassis 2019 yilda jamoani Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan va u erda «Liverpul»ga imkoniyatni boy bergan edi (0:2).

Hozirda poytaxt klubi Premer-liga turnir jadvalida 26 turdan so'ng 29 ochko jamg'arib, 16-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ