logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: "Bu hali yakun emas"

 13 FEVRAL, 2026, 10:24

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik dastlabki o'yindagi 0:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, Ispaniya Kubogi yarim finalida «Atletiko» ustidan g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

«Ko'k-anorranglilar» Madridda yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi, biroq 3 mart kuni «Kamp Nou»da bo'lib o'tadigan javob uchrashuvida vaziyatni o'nglash imkoniyatiga egalar.

"Bu hali yakun emas, oldinda o'z stadionimizdagi javob o'yini bor. Bizga muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi juda zarur. Hech narsani istisno qilmaslik kerak — biz hali vaziyatni o'zgartira olamiz. Oxirigacha kurashamiz va finalga chiqish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", — dedi Flik matbuot anjumanida.

Ushbu juftlik g'olibi finalda «Real Sosedad» yoki «Atletik» Bilbao jamoalaridan biri bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ