APLda yana chempionlik poygasiga intriga qaytdi (Turnir jadvali)
13 FEVRAL, 2026, 03:48
«Arsenal»ning chempionlik uchun kurashdagi yaqin ta'qibchilari bilan oradagi farqi qisqardi.
APLning 26-turida «to'pchilar» «Brentford» bilan durang o'ynashdi (1:1). O'z navbatida, «Manchester Siti» «Fulxem»ni mag'lub etdi (3:0), «Aston Villa» esa «Brayton»dan ustun keldi (1:0).
«Arsenal» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. U ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti»ni 4 ochkoga, «Aston Villa»ni esa 7 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish olgan:
O'rin Jamoa O'yin To'plar nisbati Ochko 1 Arsenal 26 50:18 57 2 Manchester Siti 26 54:24 53 3 Aston Villa 26 37:27 50 4 Manchester Yunayted 26 47:37 45 5 Chelsi 26 47:30 44 6 Liverpul 26 41:35 42 7 Brentford 26 40:35 40 8 Everton 26 29:30 37 9 Bornmut 26 43:45 37 10 Nyukasl Yunayted 26 37:37 36