«Atletiko» «Barselona»dan ikki baravar ko'p aniq zarba berdi
13 FEVRAL, 2026, 03:30
«Atletiko» darvozaga yo'llangan aniq zarbalar bo'yicha «Barselona»ni ortda qoldirdi.
Diego Simeone jamoasi Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki o'yinida 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu o'yinda madridliklar 34% vaqt davomida to'pga egalik qilishdi va raqib darvozasiga 12 ta zarba yo'llashdi, ulardan 8 tasi aniq chiqdi. Kataloniya jamoasi futbolchilari esa 14 marta zarba berishdi, biroq ularning faqat 4 tasi darvoza sohasiga aniq bordi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 3 mart kuni bo'lib o'tadi.
