logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Antonio Chempionship klubiga yo'l olishi mumkin

 13 FEVRAL, 2026, 02:12

Londonning «Vest Xem» klubi sobiq futbolchisi Maykl Antonio yangi jamoa bilan muzokaralar olib bormoqda. Gap Chempionshipda ishtirok etayotgan «Charlton» klubi haqida ketmoqda. BBC Sport nashrining aniqlik kiritishicha, tomonlar qisqa muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirishgan — futbolchi uzoq muddatli majburiyatlarni zimmasiga olishdan oldin o'z imkoniyatlarini sinab ko'rmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilning dekabrida Maykl Antonio Ferrari rulida og'ir yo'l-transport hodisasiga uchragan edi. Tiklanish jarayoni bir necha oy davom etdi va u sobiq klubi bilan xayrlashishga majbur bo'ldi — shartnoma muddati tugagani sababli «bolg'achilar» uni uzaytirishni istashmadi.

Shuningdek, manbaning xabar berishicha, futbolchi «Brentford» va «Lester» kabi klublarga ham murojaat qilib ko'rgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ