logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Vinter: "Allegrining ishonchi menga kuch bermoqda"

 12 FEVRAL, 2026, 23:48

Belgiyalik himoyachi Koni de Vinter «Milan»dagi faoliyati tiklangani va yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri qo'l ostida asosiy tarkibdan muntazam joy olayotgani haqida gapirib berdi.

"Futbolda o'ziga bo'lgan ishonch katta farq qiladi. Murabbiydan doimiy ravishda qo'llab-quvvatlash so'zlarini eshitish juda katta yordam beradi", — deya de Vinterning so'zlarini keltirmoqda «Tuttosport».

Hozirda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, klub so'nggi bor 2022 yilda Stefano Pioli boshqaruvida Italiya chempioni bo'lgan edi. De Vinter joriy mavsumda Allegrining himoya chizig'idagi eng ishonchli futbolchilaridan biriga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ