Xoland futboldagi eng yaqin do'stini aytdi
12 FEVRAL, 2026, 23:24
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland futbolchilar orasidagi eng yaqin do'sti kimligini aytdi.
"Futboldagi eng yaqin do'stimmi? Ehtimol, «Liverpul»dagi Soboslai", — deya Xolandning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA Chempionlar Ligasi rasmiy sayti.
Futbolchilar 2019 yilda «Red Bull Zaltsburg» tarkibida birga o'ynashgan. Xoland Avstriya klubi safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan, shundan so'ng hujumchi Dortmundning «Borussiya» klubiga o'tgan edi.
