logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gyuler "Real"dagi vaziyati qanday ekanligini aytib berdi

 12 FEVRAL, 2026, 22:12

«Real Madrid»ning hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler Ispaniya klubidagi hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

Futbolchi «qirollik klubi»da ekanligidan baxtli ekanini va jamoadoshlari bilan aloqalari juda yaxshiligini ta'kidladi.

«Bu klubga kelgan birinchi kunimdanoq meni iliq kutib olishdi va men bu erni doimo o'z oilamdek his qilganman. "Real" futbolchisi ekanligimdan juda faxrlanaman va ushbu emblema sharafini yana ko'p yillar davomida himoya qilishni istayman», — dedi Gyuler.

Turkiyalik iqtidor egasi 2023 yilning yozidan buyon «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy 2025/2026 yilgi mavsumda Gyuler «Real» libosida barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etish joizki, u ushbu mavsumda jamoaning asosiy plemeykerlaridan biriga aylanib ulgurdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ