logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman. Rahim Sterling yangi klub bilan shartnoma imzoladi

 12 FEVRAL, 2026, 22:12

Rotterdamning «Feyenoord» klubi Rahim Sterling bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi. 31 yoshli vinger Niderlandiya grandi safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

Sterling va «Chelsi» o'rtasidagi shartnoma o'tgan oyning oxirida ikki tomonlama kelishuvga ko'ra bekor qilingan edi. Futbolchining yangi jamoasi bilan kelishuvi joriy mavsum yakuniga qadar (2026 yilning iyunigacha) mo'ljallangan bo'lib, unda hamkorlikni uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, Sterling faoliyati davomida ilk bor Angliya Premer-ligasidan tashqarida to'p suradigan bo'ldi. Uning «Feyenoord»ni tanlashida klub bosh murabbiyi, afsonaviy Robin van Persi bilan o'tkazilgan muzokaralar muhim rol o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ