"Tottenxem" vingerning jarohatini tasdiqladi
12 FEVRAL, 2026, 19:54
"Tottenxem" klubi o'zining rasmiy saytida vinger Uilson Odobertning chap tizzasidagi oldingi xochsimon boylami yorilgani aniqlangani haqida e'lon joylashtirdi.
Kelasi hafta 21 yoshli Odobert operatsiya qilinadi, shundan so'ng reabilitatsiya jarayoni boshlanadi.
"Tottenxem" Uilson Odobertning tiklanish muddatini oshkor qilmadi. Shu bilan birga, frantsiyalik futbolchi uchun 2025/26 yilgi mavsum yakunlangani aniq.
Odatda, "xochlar" jarohatidan kamida yarim yil davolanadi. "Tottenxem" Premer-liga turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda.
