logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mundo Deportivo Levandovskiga transfer taklifi bilan chiqqan beshta klubni ma'lum qildi

 12 FEVRAL, 2026, 19:36

"Milan", "Atletiko", "Fenerbaxche", "Chikago Fayr" va Saudiya Arabistoni Pro-ligasining nomi oshkor etilmagan klubi "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskiyga taklif bilan chiqdi. Polshalik hujumchi mavsum oxirigacha kelajagi borasida bir qarorga kelmoqchi emas. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko'ra, shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadigan hujumchi kataloniyaliklardan harakat kutmoqda va katta ehtimol bilan "ko'k-anorranglilar" bilan kelishuvni uzaytirishga tayyor.

Robert Levandovski 2022 yilda Myunxenning "Bavariya" klubidan "Barselona"ga o'tgandi. O'shandan beri hujumchi Kataloniya jamoasi tarkibida ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi, uch marta Ispaniya Superkubogi va bir marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.

Joriy mavsumda polshalik futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazib, barcha turnirlarda 13 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ