logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Chukvuemeka Angliyadan voz kechib, Avstriya terma jamoasida o'ynamoqchi

 12 FEVRAL, 2026, 18:48

Avstriya futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan «Borussiya Dortmund» yarim himoyachisi Karni Chukvuemekaga Avstriya fuqaroligini berish ustida faol ish olib bormoqda.

22 yoshli futbolchi ilgari Angliyaning U19 va U20 terma jamoalarida o'ynagan va 2022 yilgi Evropa chempioniga aylangan edi. Biroq u Angliyaning asosiy terma jamoasida hali debyut qilmagan, bu esa unga FIFA qoidalariga ko'ra sport fuqaroligini o'zgartirish imkonini beradi.

Chukvuemeka Avstriyaning Ayzenshtadt shahrida nigeriyalik oilada tug'ilgan. Keyinchalik u Nortgemptonga ko'chib o'tgan va Britaniya fuqaroligini olish jarayonida Avstriya fuqaroligidan voz kechgan. Endilikda u voyaga etmagan paytida qabul qilingan bu qarorni bekor qilib, Avstriya pasportini qayta tiklashi mumkin.

«The Athletic» nashrining xabariga ko'ra, Ralf Rangnik boshchiligidagi Avstriya terma jamoasi futbolchining JCh-2026da ishtirok etishi uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirishga harakat qilmoqda. Eslatib o'tamiz, Avstriya Jahon chempionati guruh bosqichida Argentina, Iordaniya va Jazoir bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ