logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mahmudov - Fyuri jangi Londondagi stadionda bo'lib o'tadi

 12 FEVRAL, 2026, 17:16

Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Rossiyalik bokschi Arslanbek Mahmudov 11 aprel kuni Londondagi 60 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Tottenxem" klubiga tegishli stadionda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi jang o'tkazadi.

Britaniyalik 37 yoshli Fyuri yanvar oyi oxirida 36 yoshli Mahmudovga qarshi jangda ringga qaytishini rasman elon qilgandi, lekin o'shanda jang o'tkaziladigan arena nomi aytilmagan edi.

Malumot uchun, Tayson Fyuri uchun bu arena begona emas, u to'rt yil avval "Tottenxem" stadionida Derek CHisoraga qarshi jang qilgandi. SHuningdek, 2021 yilda ushbu stadionda Entoni Joshua va Aleksandr Usik, o'tgan yili esa kichik Kris Yubank va Konor Benn o'rtasida ikkita jang ham bo'lib o'tgandi.

talkSPORTS’ning qayd etishicha, Fyuri jamoasi Manchesterdagi 74 000 kishilik "Old Trafford" stadionida jang o'tkazish imkoniyatini ham ko'rib chiqqan. Kelayotgan dushanba kuni Londonda rasmiy matbuot anjumani bo'lib o'tadi va unda bo'lajak jangning tafsilotlari elon qilinishi kutilmoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ