logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Florentino Peresning «maxfiy» rejasi fosh bo'ldi

 12 FEVRAL, 2026, 16:24

Evropa Superligasi loyihasi amalga oshmaydigan bo'ldi – kecha «Real Madrid» bu borada rasmiy bayonot berdi. «The Touchline» nashrining xabariga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres aslida Superliga hech qachon tashkil etilmasligini juda yaxshi tushungan. «Barselona»ning sobiq rahbari Joan Laporta va «PSJ» xo'jayini Nasser Al-Xelayfiy ham shunday fikrda bo'lishgan.

Ta'kidlanishicha, Superliga loyihasidan ko'zlangan asosiy maqsad — UEFAni Chempionlar ligasining yangi tizimini joriy etishga majbur qilish bo'lgan. Bu tizimda top-o'yinlar soni ko'proq bo'lishi va klublarning daromadlari sezilarli darajada oshishi ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, Joan Laporta yaqinda bo'lib o'tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun «Barselona» prezidenti lavozimidan iste'foga chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ