logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn "Bavariya"ning trebl yutish imkoniyatlarini baholadi

 12 FEVRAL, 2026, 16:18

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn myunxenliklarning joriy mavsum yakunida «trebl» (bir mavsumda uchta asosiy sovrin) qayd etish imkoniyatlarini baholadi.

«Bu, shubhasiz, mumkin, ammo maqsadgacha hali ancha masofa bor. Biz havolanib ketmaymiz. Hali ham barcha musobaqalarda ishtirokimizni davom ettiryapmiz. O'yinimiz va klubdagi muhitni hisobga olsak, albatta, buning iloji bor. Biroq treblni qo'lga kiritish uchun ozgina omad ham kerak: hamma narsa sizning foydangizga hal bo'lishi, yaxshi natijalar ko'rsatishda davom etish va jarohatlardan qochish lozim. Biz shunchaki ayni damda qilayotgan ishimizga e'tibor qaratishimiz kerak», — dedi Keyn matbuot anjumanida.

Xarri Keyn 2023 yilda «Tottenxem»dan «Bavariya»ga 95 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ