Angliya terma jamoasi Tomas Tuxel bilan shartnomani uzaytirdi
12 FEVRAL, 2026, 15:30
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yangi shartnoma imzoladi.
Kelishuv ikki yilga - Evro-2028 yakuniga qadar uzaytirildi. Germaniyalik mutaxassis shtabi a'zolari ham xuddi shunday shartnomalarni imzoladi.
Tuxel 2025 yilning yanvarida Angliya terma jamoasini qabul qilib oldi. Uning qo'l ostida jamoa JCh-2026 saralashida Serbiya, Albaniya va Latviya bilan guruhdagi barcha 8 o'yinda g'alaba qozondi.
