"Inter" London klubi darvozabonini nishonga oldi
12 FEVRAL, 2026, 15:12
Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Gulelmo Vikario Italiya A Seriyasining top-klublaridan biriga ishga joylashish variantiga ega.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli posbonni Milanning "Inter" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Neradzurrilar"ga Turinning "Yuventus" klubi raqobatchi bo'lmoqchi. Vikarioning o'zi ham mavsum-2025/2026 yakunlangach, jamoasini o'zgartirishga tayyor.
Gulelmo 2023 yilning yozidan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilmoqda. "Shporlar" va darvozabon o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Darvozabonning bozor narxi 30 million evroga baholanmoqda.
