logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Noyer: «Bizda aniq reja bor edi»

 12 FEVRAL, 2026, 13:54

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya Kubogi chorak finali doirasidagi «RB Leyptsig»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Vensan Kompani shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollarga Dias va Keyn mualliflik qildi.

«Biz o'yin uchun aniq reja ishlab chiqqan edik. Biz uchun gol o'tkazib yubormaslik va raqibga bo'lgan bosimni oshirib borish muhim edi. Ularning hujumlarini to'xtatib qolishning uddasidan chiqdik. «Bavariya» so'nggi daqiqagacha yaxlit o'yin ko'rsatdi», — deya darvozabonning so'zlarini keltirmoqda nemis grandi matbuot xizmati.

Myunxenliklar navbatdagi uchrashuvni Bundesliga doirasida Bremenning «Verder» jamoasiga qarshi o'tkazishadi. O'yin shanba kuni, 14 fevral soat 19:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ