logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Germaniyalik himoyachi «Real»ni rad etishi mumkin

 12 FEVRAL, 2026, 13:48

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, agar Shlotterbek yangi bitimga imzo cheksa, uning yillik maoshi taxminan 14 million evroni tashkil qiladi. Shuningdek, shartnomaga 50-60 million evro miqdorida tovon puli haqidagi band ham kiritiladi.

Hozirgi vaqtda 26 yoshli futbolchining oldida ikkita asosiy yo'l bor: «Borussiya» bilan hamkorlikni davom ettirish yoki yozda Madridning «Real» klubiga o'tish. Shlotterbek o'z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni mart oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida qabul qilishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ