logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Spallettiga Belgiya terma jamoasi hujumchisining o'yini yoqmadi. «Yuventus» uni yozda majburiy tarzda sotib olib keyin sotib yubormoqchi

 12 FEVRAL, 2026, 13:12

«Yuventus» 25 yoshli belgiyalik hujumchi Loik Opendani, agar mavsumni 10-o'rindan past bo'lmagan pog'onada yakunlasa, sotib olishga majbur bo'ladi. Futbolchining huquqlari Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga tegishli.

Hozirda «Yuventus» turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda va uning kuchli o'ntalikdan tushib ketish ehtimoli juda past. Bu esa klub 40,6 million evro to'lashi kerakligini anglatadi.

«Calciomercato» xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, bor-yo'g'i 2 ta gol urgan hujumchining o'yinidan unchalik mamnun emas. Katta ehtimol bilan «Yuventus» yozgi transfer oynasida futbolchini sotib yuborishga harakat qiladi.

Ma'lumot uchun, Openda ilgari «Lans», «Vitess» va «Bryugge» klublarida to'p surgan. Belgiya terma jamoasi safida esa 27 ta o'yinda 3 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ