logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lineker «Tottenxem»ga yangi murabbiy tanladi

 12 FEVRAL, 2026, 13:06

«Tottenxem» va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker «shporlar»ga jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga «Chelsi»ning sobiq ustozi Entso Mareskani tayinlashni maslahat berdi.

«Mening fikrimcha, Entso Mareska kabi mutaxassis «Tottenxem» murabbiyligiga nomzod bo'lishi kerak, bu juda qiziq. Agar men «Tottenxem»da bo'lganimda, uning nomzodini jiddiy ko'rib chiqqan bo'lardim. U «Chelsi»ning sobiq murabbiyi bo'lsa ham va «Tottenxem» muxlislari bunday narsalarni yoqtirishmasa-da, buni amalga oshirish lozim», — deya Linekerning so'zlarini keltirmoqda «The Rest is Football».

Eslatib o'tamiz, kecha, 11 fevral kuni «Tottenxem» Tomas Frankni bosh murabbiylik lavozimidan iste'foga chiqargan edi. Entso Mareska esa 2024 yildan beri «Chelsi»ni boshqarib kelayotgandi va u joriy yilning 1 yanvaridan buyon ishsiz hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ