O'Rayli istalgan chiziqda o'ynashga tayyor
12 FEVRAL, 2026, 12:36
«Manchester Siti» futbolchisi Niko O'Rayli chap qanot himoyachisi pozitsiyasidagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Manchester Siti»da istalgan pozitsiyada o'ynash menga yoqadi. Bu ajoyib jamoa. Menga chap qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi yoki tayanch yarim himoyachisi bo'lishning farqi yo'q — qaerda bo'lsa ham mayli. Bu men uchun muhim emas», — deya O'Raylining so'zlarini keltirmoqda «City Report».
Joriy mavsumda 20 yoshli O'Rayli barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.
