logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" nomdor murabbiyni nishonga oldi

 12 FEVRAL, 2026, 11:06

«Tottenxem» klubi chorshanba kuni iste'foga chiqarilgan Tomas Frank o'rniga yangi nomzod izlamoqda. Daniyalik mutaxassisning ketishi rasman e'lon qilinganidan ko'p o'tmay, Roberto De Dzerbining ham «Marsel»ni tark etgani ma'lum bo'ldi — aynan italiyalik mutaxassis «shporlar»ning yangi boshqaruvchisiga aylanishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, London klubi «Brayton»ning sobiq ustozi nomzodiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va allaqachon ehtimoliy hamkorlik shartlari bo'yicha ma'lumot so'ragan.

Roberto De Dzerbi 2024 yilning yozidan buyon «Marsel»da ishlab kelayotgan edi, ungacha esa ikki yil davomida «Brayton» boshqaruvida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Mish-mishlarga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis Angliya Premer-ligasiga qaytishni istamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ