logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Nottingem Forest" Daych qo'l ostidagi so'nggi o'yinda APLning so'nggi 10 yillik antirekordini o'rnatdi

 12 FEVRAL, 2026, 10:54

«Nottingem Forest» jamoasi «Vulverxempton» darvozasiga yo'l topa olmadi, bu esa Shon Daychning iste'fosiga sabab bo'ldi.

Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi. Bu natija «o'rmonchilar»ni aslo qanoatlantirmadi, chunki ular chempionatning asosiy autsayderi darvozasi tomon naq 35 ta zarba yo'llashdi, ammo birorta gol ura olishmadi. «Squawka» ma'lumotlariga ko'ra, «Nottingem Forest» so'nggi o'n yil ichida Premer-liga doirasidagi bir o'yinda 35 bor zarba berib, birorta ham gol ura olmagan ilk jamoaga aylandi. Oxirgi marta bunday holat 2016 yilda «Manchester Yunayted» va «Byornli» (0:0) o'rtasidagi bahsda qayd etilgan bo'lib, o'shanda «qizil iblislar» 38 bor raqib darvozasiga zarba berishgan edi.

«Bo'rilar» bilan o'yin tugaganidan ko'p o'tmay, «Nottingem Forest» matbuot xizmati Shon Daychning iste'fosini e'lon qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ