logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APLda navbatdagi iste'fo yuz berdi

 12 FEVRAL, 2026, 09:18

«Nottingem Forest» klubi Angliya chempionatining 26-turida «Vulverxempton» bilan qayd etilgan durangdan (0:0) so'ng, Shon Daychni bosh murabbiy lavozimidan ozod etganini e'lon qildi.

«Shon va uning jamoasiga klubdagi faoliyati davomida ko'rsatgan sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz. Hozircha bu borada boshqa hech qanday qo'shimcha izoh berilmaydi», — deyiladi klub press-relizida.

Shon Daych 2025 yilning oktyabr oyidan buyon «Nottingem» bilan ishlab kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, 10 ta g'alaba va 5 ta durang qayd etdi.

Hozirda «Nottingem Forest» 26 turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ