logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Man Siti» «Fulxem» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi, Husanov zaxiradan maydonga tushdi (video)

 12 FEVRAL, 2026, 09:00

«Manchester Siti» Angliya chempionatining 26-turi doirasida o'z maydonida «Fulxem»ni qabul qilib, 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. «Etixad» stadionida kechgan bahsda barcha gollar birinchi bo'limning o'zidayoq kiritildi.

O'yinning 24-daqiqasida Antuan Semeno hisobni ochgan bo'lsa, oradan olti daqiqa o'tib Niko O'Rayli oradagi farqni oshirdi. 39-daqiqada esa Erling Xoland yakuniy hisobni o'rnatdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov 60-daqiqada Mateus Nunes o'rniga o'yinga qo'shildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Manchester Siti» ochkolari sonini 53 taga etkazib, turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda va peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirdi. «Fulxem» esa 34 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.

Angliya Premer-ligasining 26-turidan o'rin olgan «Manchester Siti» va «Fulxem» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv tafsilotlarini taqdim etaman:

Angliya Premer-ligasi. 26-tur | «Etixad» stadioni

Manchester Siti — Fulxem — 3:0

Gollar: Semeno, 24 (1:0); O`Rayli, 30 (2:0); Xolann, 39 (3:0).

Manchester Siti (Asosiy tarkib): Donnarumma, Ruben Diash, Gexi, Ait Nuri, Mateus Nunes, Rodri, O`Rayli, Bernardu Silva, Semeno, Foden, Xolann.

Zaxiradan tushganlar: Husanov (60), Reynders (60), Gonsales (71), Sherki (71), Marmush (46).

Fulxem (Asosiy tarkib): Leno, Bassi, Andersen, Sessenon, Tete, Berge, Ivobi, Smit-Rou, Chukvueze, Uilson, Ximenes.

Zaxiradan tushganlar: Rid (81), King (60), Rodrigu Munis (60), Bobb (72), Kevin (60).

Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (41), Foden (66), Gonsales (83) — Andersen (31).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ