logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Diego Simeone APLga yo'l olishi mumkin

 12 FEVRAL, 2026, 08:48

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

«Indykaila News» nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Tomas Frankni iste'foga chiqargan «Tottenxem» argentinalik mutaxassisni taklif qilishga qiziqish bildirmoqda. «Shporlar» vakillari Simeonening agentlari bilan bog'lanishgan, biroq quyidagicha javob olishgan: «Biz mijozimiz uchun ochiq bo'lgan barcha variantlarni ko'rib chiqmoqdamiz». Tomonlar o'rtasidagi ushbu suhbat 11 fevral kuni bo'lib o'tgan.

Avvalroq OAVda Diego Simeonening «Atletiko» rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgani, shu sababli uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallanganiga qaramay, shu yozda Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ