logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Van Deyk «Liverpul» tarixida rekord o'rnatdi

 12 FEVRAL, 2026, 08:36

Virjil van Deykning goli «Liverpul»ga «Sanderlend»ga qarshi safar o'yinida (1:0) g'alaba keltirdi. Niderlandiyalik himoyachi chorshanba kuni bo'lib o'tgan Angliya chempionati 26-turi doirasidagi bahsning 61-daqiqasida «qora mushuklar» darvozasini ishg'ol qildi.

«Opta» xabariga ko'ra, van Deykning «qizillar» safida Premer-liga doirasida urgan gollari soni 23 taga etdi. Bu klub tarixida himoyachilar orasidagi yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord uzoq yillar davomida Sami Xyuyupyaga tegishli edi.

Virjil van Deyk 2018 yil boshidan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. APLning joriy mavsumida mersisaydliklar sardori 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ydi.

Ayni damda «Liverpul» 42 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ