logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italiya kubogi. «Latsio» penaltilar seriyasida «Bolonya»ni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi (video)

 12 FEVRAL, 2026, 08:34

«Latsio» Italiya Kubogining 1/4 finali doirasida «Bolonya»ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi. «Bolonya»dagi «Renato Dal'Ara» stadionida kechgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa rimliklar 4:1 hisobida ustun kelishdi.

Mezbonlarning argentinalik hujumchisi Santyago Kastro 30-daqiqada hisobni ochdi. Rim jamoasi tanaffusdan so'ng darhol muvozanatni tikladi — Tijani Noslin o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Penaltilar seriyasida mehmonlar aniqroq harakat qilishdi — ular o'zlarining barcha 4 ta imkoniyatidan unumli foydalanishdi. Mezbonlar safida esa faqat Tiys Dallinga gol ura oldi, xolos.

Yarim finalda «Latsio» «Atalanta» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Italiya Kubogi. 1/4 final | 12 fevral | «Renato Dall'Ara» stadioni

Bolonya — Latsio — 1:1 (penaltilar bo'yicha — 1:4)

Gollar: Kastro, 30 (1:0); Noslin, 48 (1:1).

Penaltilar seriyasi: Nunu Tavaresh (0:1), Fergyuson (0:1, darvozabon), Dia (0:2), Dallinga (1:2), Marushich (1:3), Orsolini (1:3, xato), Teylor (1:4).

Bolonya: Skorupski, Lukumi (Xellann, 80), Vitik, Miranda, Zortea, Moro (Froyler, 61), Fergyuson, Odgor (Bernardeski, 70), Kambyagi (Zom, 70), Orsolini, Kastro (Dallinga, 80).

Latsio: Provedel, Romanoli, Xila, Pellegrini (Nunu Tavaresh, 80), Marushich, Rovella (Kataldi, 61), Teylor, Dele-Bashiru, Pedro (Noslin, 45), Isaksen (Kancheleri, 80), Maldini (Dia, 61).

Ogohlantirishlar: Kastro (47), Miranda (74), Vitik (90) — Xila (9), Nunu Tavaresh (86).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ