logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot: «Bugun jamoamiz o'zining haqiqiy xarakterini ko'rsatdi»

 12 FEVRAL, 2026, 08:12

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Sanderlend» ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«G'alaba qozonish juda muhim edi. Oldinda bizni qiyin safar o'yini kutmoqda. Bugun biz to'p bilan qanchalik yaxshi o'ynay olishimizni va ko'plab vaziyatlar yaratishga qodirligimizni yana bir bor ko'rsatdik. O'yin davomida namoyish etgan xarakterimiz juda yaxshi bo'ldi, aynan shuning uchun ham biz ushbu stadionni 1:0 hisobidagi g'alaba bilan tark etmoqdamiz», — deya Slotning so'zlarini keltirmoqda BBC.

«Liverpul» ushbu g'alabadan so'ng 42 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. «Sanderlend» esa 36 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ