logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" "Tottenxem" darvozaboni bilan shartnoma imzolashga tayyor

 11 FEVRAL, 2026, 22:24

«Yuventus» «Tottenxem» darvozaboni Gulelmo Vikarioni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

«Gazzetta.it» nashrining xabariga ko'ra, Turin klubi darvozabonni yozda o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. «Shporlar» italiyalik posbonni taxminan 25 million evroga baholamoqda. Agar qulay imkoniyat tug'ilsa, «Yuventus» Vikarioni hamyonbop shartlar asosida xarid qilishga tayyor.

Shuningdek, «byankoneri» Mikele di Gregorioni sotish variantini ham ko'rib chiqishga tayyor, chunki unga Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

Gulelmo Vikario 2023 yilda «Empoli»dan «Tottenxem»ga 18 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon «shporlar» safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 48 ta to'p olib chiqdi, 13 ta bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ