logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Hatto gol ursang ham, yaxshi o'ynamayapsan": "Real" yulduzlari o'rtasidagi nizo chiqdi

 11 FEVRAL, 2026, 21:48

Madridning «Real» klubi kiyinish xonasida ikki yulduz futbolchi o'rtasida dahanaki jang bo'lib o'tdi. Bu voqea La Liga doirasidagi «Levante»ga qarshi yaqinda o'tkazilgan o'yinning tanaffusida yuz bergan.

Ta'kidlanishicha, «Real» futbolchilaridan biri boshqasiga shunday degan: «Hatto gollar urayotgan bo'lsang ham, sen yaxshi o'ynamayapsan».

Futbolchilarning ismlari oshkor etilmagan. Ushbu insaydni «The Touchline» nashri tez-tez «El Chiringuito» ko'rsatuvida chiqish qiladigan jurnalist Xuanfre Sansga tayanib keltirmoqda. «Real» va «Levante» jamoalari 17 yanvarda to'qnash kelishgan edi.

Birinchi bo'limda gol urilmagan, tanaffusdan so'ng «qaymoqranglilar» Kilian Mbappe (penaltidan) va Raul Asensio tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ