logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pochettino "Tottenxem"ga qaytishga tayyor, faqat...

 11 FEVRAL, 2026, 18:30

«Tottenxem» jamoa bosh murabbiyi Tomas Frankni iste'foga chiqardi. Bu qaror London klubi o'z maydonida «Nyukasl»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berganining ertasigayoq qabul qilindi. «Shporlar» Premer-liga turnir jadvalida 16-o'ringa tushib ketishdi, bu esa, yumshoq qilib aytganda, jamoa uchun juda yomon ko'rsatkichdir.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, «Tottenxem» murabbiylik postiga nomzod sifatida Maurisio Pochettinoni ko'rib chiqmoqda. Biroq argentinalik mutaxassis faqat yozda, Jahon chempionatidan keyingina jamoaga kela olishi mumkin. Hozirda Pochettino AQSh terma jamoasini o'z uylarida o'tadigan mundialga tayyorlamoqda.

Qayd etilishicha, Pochettinoning o'zi ham «Tottenxem»ga qaytishga tayyor. U 2014 yildan 2019 yilgacha jamoada ishlagan va «shporlar»ni hatto Chempionlar ligasi finaligacha olib chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ